O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi.
Tashrif doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib, ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi.
Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan.
Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
YUNISEF (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.