Mamlakatimizda 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yillar hisobiga nazar tashlasak, 2017-yilda qamrov 27,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yili 37,7 foiz, 2019-yili 52,3 foiz, 2020-yili 60,9 foiz, 2021-yili 67,2 foiz, 2022-yili 69,9 foizni, 2023-yilning bugungi kun holatida 72 foizga yetganini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.
Shu o‘rinda, 2017-yilda mamlakatimizda 5 ming 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 30 ming 792 taga yetgan.