Diqqat, ko'rik-tanlov!

news-detail

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovini 2023-yil                avgust-sentabr oylari davomida uch bosqichda o‘tkaziladi.

      birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida 2023-yil 14-19-avgust kunlari;

      ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida 2023-yil 4-9-sentabr kunlari;

      uchinchi bosqich – Respublika miqyosida 2023-yil 20-21-sentabr.

 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi quyida oltita nominatsiyada o‘tkaziladi.

a) “Eng yaxshi metodist”, bunda oliy ma’lumotli metodistlarning maktabgacha ta’lim tizimiga oid yaratgan ilg‘or o‘qitish metodikasi bo‘yicha ishlari ko‘rib chiqiladi;

b) “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, bunda oliy ma’lumotli tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy bilimlarga ega, kasbiy faoliyatiga yangicha yondashgan, ta’lim-tarbiya jarayonida fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsata olgan, shuningdek, o‘z faoliyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘zining ilg‘or tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadigan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.

v) “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim va tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangiliklari, yaratgan ijodiy ishlari, videoroliklari, ko‘rgazmali va didaktik materiallari bo‘yicha yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

g) “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali qo‘llashga oid ishlari ko‘rib chiqiladi;

d) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, bunda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga ekologik bilim va tarbiya berishdagi noan’anaviy yondashuvlari, ekologik ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida yaratgan yangi ijodiy mahsulotlari, ta’limiy materiallarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

e) “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi”, bunda, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachining yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, maa’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etganligi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.

Tanlovning “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodist lavozimida hamda “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi” nominatsiyasiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli va boshqa to‘rtta nominatsiya bo‘yicha tarbiyachi lavozimida faoliyat olib borayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli kamida          3 (uch) yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, ya’ni metodist va tarbiyachilar ishtirok etadi.

Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar soni chegaralanmaydi. Har bir metodist va tarbiyachi faqat bitta nominatsiya bo‘yicha qatnashish huquqiga ega.

Maktabgacha ta’lim agentligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodist va tarbiyachilari ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)dagi birinchi bosqichdan boshlab ishtirok etadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyalar faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi xulosasiga asosan quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi:

- pasport nusxasi;

- mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- maktabgacha ta’lim tashkilotining nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun Tavsiyanomasi;

- my.mehnat.uz platformasidan olingan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Taqdim etilishi kerak ma’lumotlari to‘liq bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan bo‘lsa ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.

Tanlovning har bir bosqichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan bir nafardan 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etadi.

Tanlovning uchinchi bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта