Mazkur qoʻllanma uchun “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni buvi-bobojonlar, ota-ona, aka-uka, opa-singillar va yoshi kattalarga hurmatda, kichiklarga esa izzatta boʻlish, dasturxon atrofida oʻzini tutish, mehmonga borish, mehmon kutish singari odoblar, uy-hovlini tartibga keltirish, bayram arafasida keksa qariyalar, betob kishilar holidan xabar olish, qoʻni-qoʻshnilarni biror yumushiga yordam berish kabi oʻzbek xalqiga xos oilaviy qadriyatlar hamda milliy urf-odatlar bilan tanishtirishga oid mavzular tanlab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan “Men va mening oilam” nomli uslubiy qoʻllanmadan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rta, katta va tayyorlov guruh tarbiyachi pedagoglar tomonidan taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda foydalanishlari hamda suhbat, oʻyin, mehnat, sahnalashtirilgan lavhalar shaklida, turli-tuman rasmlar, ertak, rivoyat, hikoya, maqollardan foydalangan holda ertalabki va kechki soatlarda qo‘llashlari tavsiya etiladi.
Men va mening oilam isp.pdf