12 ta DMTT rahbar va xodimlari uchun issiqxonalardan samarali foydalanish bo'yicha o'quv seminarlari tashkil etildi

news-detail

Maktabgacha taʼlim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bolalarga ta'lim berish bilan bir qatorda ularni sogʻlomlashtirish, kasalliklarning oldini olish, shu jumladan salomatligi, oʻsishi, rivojlanishi, sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini nazorat qilishdir.

Shuningdek, bolalarda ekologik taʼlim va sogʻlom ovqatlanish odatlarining shakllanishida maktabgacha taʼlim tashkilotlari muhim rol oʻynaydi. Ushbu maqsadlarga erishishda yordam beradigan chora-tadbirlardan biri maktabgacha taʼlim tashkilotlari hududida issiqxonalar tashkil etishdir.

Ekologik taʼlim bolalarda quyidagi koʻnikmalarni shakllantiradi:

  • atrofdagi olam uchun javobgarligni his qildirish;
  • bolaning tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish;
  • oʻsimliklarga gʻamxoʻrlik qilishni oʻrgatish.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining issiqxonalarida tarbiyalanuvchilar xodimlar yordamida oʻzlari vitaminlarga boy sabzavotlar va mevalarni yetishtirishlari hamda ushbu mahsulotlar hisobiga oshxona menyusini boyitishlari mumkin boʻladi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining 12 ta davlat maktabgacha ta'lim muassasalari (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlari) hududida issiqxonalarni tashkil etish orqali davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar salomatligini mustahkamlash loyihasini boshladi.

Loyiha doirasida 12 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining barcha rahbarlari va masʼul xodimlari vitaminlarga boy organik sabzavotlar va mevalarni yetishtirish uchun issiqxonalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarida qatnashdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта