Maktabgacha ta'lim vazirining Samarkand viloyatidagi tashrifi davomida Urgut tumanidagi Pedagogika kollejida davom etdi.

news-detail


Kollejda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ta'lim muassasasi 226 nafar bo'lajak pedagog-tarbyachilarni tayyorlaydi. Klaster o'qitish tizimi ularni yanada ko'proq ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Chunki kollej qoshida 240 o'rinli 45-son DMTT binosi rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu erda yosh kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ish bilan ham ta'minlanishi mumkin.

Vazir kollej maydonidagi ta'mirlanayotgan MTTning binosini ko'zdan kechirdi. Ob'ektning loyihasi zamonaviy usulda ekanligi hamda yaqin oylarda mahalla bolalari to'laqonli maktabgacha ta'lim va tarbiya bilan qamrab olinishi ko'zda tutildi. Vazirning taklifiga ko'ra, ushbu bog'cha barcha zamonaviy talablar mos raqamli tashkilot qilinadi.

Ma'lumot uchun: Urgut tumanida investisiya dasturi hisobidan 2020 yilda uchta davlat Mttlari qurildi. Xozirgi kunda bolalar qamrovi 44,7% ni tashkil etadi. 2021-yilda yana ikkita DMTT qurish va yangi oilaviy shakldagi bog'chalar yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, qamrov darajasi 65 foizga etadi.

Vazir topshirig'iga ko'ra, Bulung'ur tumanining maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tuziladi. Shu bilan birgalikda, tumandagi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini muntazam oshirib borishga qaror qilindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта