O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’limning va ekologik madaniyatning rivojlantirilishini joriy etish bo‘yicha pilot loyiha.

news-detail

So‘nggi o‘n yilliklarda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolar va masalalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik ta’lim va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, sog‘lom jamiyat va barqaror davlat siyosatining qurilishida zaruriy qismga aylanib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya-O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar Week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik o‘yinini va o‘qitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olindi.

YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining ko‘magida maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda O‘zbekistonda ekologik madaniyatni targ‘ib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to‘g‘ri ishlashni o‘rgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.


Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 50 nafar tarbiyachilari uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga o‘qitildilar, “Qiziqarli chiqindi” dasturining o‘qitish uslubi bilan tanishdilar va barqaror rivojlanish sohasida bilim oldilar.

Loyiha doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga begovel (bolalar pedalsiz velosipedini) taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi velosport federatsiyasi ko'magida pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Begovelda minish uslubi loyihasi O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi ko'magida Velosport federatsiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Begovel yordamida bolalarga erta yoshdan boshlab koordinatsiya va muvozanatni ushlashni o‘rgatish mumkin. Ushbu texnikaning afzalligi - bolaning motorik faolligini ta'minlash, oyoq mushakklarini mustahkamlash, shuningdek, velosipedda mashq qilish uchun samarali tayyorgarlik jarayoni imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

13 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari asosida o‘tkazilgan pilot loyiha natijalarini hisobga olgan holda, hamkorlar tomonidan (YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “SVB Advisory” va “Hashar Week”) butun Respublika bo‘ylab “Qiziqarli chiqindi” o‘qitish metodikasi va didaktik o‘yinini yanada kengaytirish strategiyasi ishlab chiqiladi, shuningdek maktabgacha ta’lim tizimida ekologiya yo‘nalishida dastur yaratish va uni joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun: 2020-yil noyabr oyida YXHT, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, uning doirasida ekologik ta’lim bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, bu YXHT O‘zbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tomonidan hukumatga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilishda ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта