O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglik borasida 2020 yilda olib borilgan ishlar hisoboti

news-detail

Gender tenglikni ta’minlash masalasi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davrda O‘zbekistonda ham bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir.

Bugungi kunda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosatni amalga oshirilishini ta’minlashga doir bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatning har bir sohasi singari maktabgacha ta’lim tizimida ham gender tenglikni ta’minlash masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.Vazirlik tizimidagi pedagog-xodimlar va tarbiyalanuvchi o‘g‘il va qiz bolalarning barcha sohalarda teng imkoniyatlar hamda imtiyozlarga ega bo‘lishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Vazirlik tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar diqqatga sazovordir.

Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimizning “Shu o‘rinda meni ongimizda chuqur ildiz otgan bir aqida ko‘p o‘ylantiradi. Biz doimo ayol – bu ona, oilamiz bekasi, deb ularni ulug‘laymiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Ammo hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart.”-degan fikrlari vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyoyevning 2020 yil 14 iyuldagi videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mutasaddi vazirlik va hokimliklarga bergan topshiriqlari, bu borada belgilab bergan yo‘nalishlari bizning vazirlik tizimida gender masalalarini ijobiy hal etish borasida ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar uchun muhim asos bo‘ldi.

Prezidentimiz qo‘ygan ushbu masalalar yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida ham yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, maktabgacha ta’lim tizimida 50 000 dan ortiq yoshlar ishlagan bo‘lsa joriy yilda esa 5 320 ishga qabul qilindi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasi o‘ta muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga aksariyat hollarda mintalitetimizdan kelib chiqqan holda ayollar jalb etilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollarning umumiy soni hozirgi kunda 193 439 ta bo‘lib, shulardan 190 731tasi maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan pedagog xodimlarni tashkil etadi. Qaysidir ma’noda ayollarning bandligi maktabgacha ta’lim tizimida ishlayotgan erkaklar sonidan ustun desa ham bo‘ladi.

Misol tariqasida xozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 3507 nafar pedagog erkak o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Ulardan:

Viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlari – 8;

Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari - 89;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari- 75;

Pedagogika kollejlari direktorlari-71;

MTT metodistlari – 8;

MTT tarbiyachilari – 8;

Defektolog-logopedlar – 59;

Psixologlar – 94;

Chet tili o‘qituvchilari-168;

Musiqa rahbarlari – 2329;

Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari – 598.

Jami umumiy pedagoglar sonining 3.6 % ni erkak pedagoglar tashkil etadi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 20 apreldagi 07/2-107-son topshirig‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2020 yil 28 mayda maktabgacha ta’lim vazirining 86-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashini tashkil etish haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.

Ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi to‘g‘risidagi nizomi hamda Maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi tarkibi vazirlikda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Mahallar va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan malakali mutaxassilaridan iborat tarkibda shakllantirildi.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyida Respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Zumradoylar davrasi” to‘garagi doirasida, syujetli-rolli spektakllar va boshqa sahnalashtirilgan chiqishlarni tashkil etish maqsadida, 50 dan ziyod ssenariylar yaratildi. Ushbu ssenariylar milliy qadriyatlarga boy, urf-odatlarimiz, ota-ona, farzandlar, qizbola va o‘g‘il bola o‘rtasidagi munosabatlarni, gender tenglikni maktabgacha yoshdagi bolalar ongida shakllantirishga qaratilgan vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender tenglikni shakllantirish” nomli uslubiy tavsiyanoma Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 52 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Afsuski, maktabgacha ta’limda gender bo‘yicha tarbiya erkaklar ishtirokisiz kechmoqda. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida erkak pedagoglar tizimga jalb qilinmoqda.

Shu bilan birga, aytib o‘tish joizki, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil
19 martdagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 47-sonli buyrug‘i va 2019 yil
29 iyuldagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichini tashkil etish, o‘tkazishva g‘oliblarni taqdirlash to‘g‘risida”gi 130-sonli buyrug‘iga binoanilk marotaba 2019 yil 19-21 avgust kunlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2019” kasbiy ko‘rik-tanlovida erkak pedagoglar ham ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan erkak tarbiyachi qo‘lga kiritdi hamda oliy ta’lim muassasalariga mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bo‘yicha yo‘llanma oldi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘g‘il bolalarda jasurlik, mardonavorlik kabi xususiyatlar erkak pedagoglar tomonidan shakllantirilsa kelajakda albatta o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта