M А ‘ L U M O T
Kadrlar boshqarmasida joriy yilning 12 oyi davomida jami 849 ta buyruq ishlab chiqilgan boʼlib, shundan: 580 ta xodimlarga oid, 269 ta xizmat safariga oid buyruqlar.
Kadrlar boshqarmasiga joriy yilning 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 516 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, shundan: 451 ta yozma hamda 65 ta ogʼzaki murojaatlar oʼrnatilgan tartibda koʼrib chiqilib natijalari boʼyicha mualliflarga javob xatlari yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasiga koʼra barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2020 yil uchun yillik taʼtillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy boʼlinma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda taʼtillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʼrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. U ish beruvchi bilan xodimlarning vakillik organi oʼrtasida oʼzaro kelishib olishga qaratilgan shartnoma hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Maktabgacha taʼlim vazirligi mehnat jamoasining 2020 yil 26 martdagi umumiy yigʼilishida maʼqullangan 10-sonli bayoniga asosan Maktabgacha taʼlim vazirligining “Maktabgacha taʼlim vazirligi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun JАMOА ShАRTNOMАSI” tuzildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Kadrlar boshqarmasi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq boshqarma xodimlarining xizmat vazifalaridan kelib chiqib, Kadrlar boshqarmasi xodimlarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Namangan viloyati Namangan shahri 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Shamsibaeva Muqaddas Mamadalievnaning nomzodi Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi Boshqaruvining 2020 yil 18 fevraldagi B-03-14-sonli qaroriga asosan “Moʼʼtabar ayol” koʼkrak nishoni bilan mukofatlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2020 yil 19 fevraldagi 05-577-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga maktabgacha taʼlim tizimida koʼp yillardan buyon samarali mehnat qilayotgan, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarda faol va tashabbuskor boʼlib, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʼshib kelayotgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʼlgan 167 nafar xodimlar collective.uz elektron maʼlumotlar bazasiga kiritildi hamda nomzodlarning hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan maktabgacha taʼlim taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan 18 nafar xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan 4 nafari hamda “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 14 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi
PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʼrinlarda -“YaMMT” IDАK) amalga oshirilishi belgilab qoʼyilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqasadida, vazirlik markaziy apparati xodimlarining maʼlumotlari “YaMMT” IDАKga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʼlimlari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda pedagogika kollejlarida faoliyat yurtitayotgan xodimlar boʼyicha statistik maʼlumotlar umumlashtirildi.
Maktabgacha taʼlim tizimida samarali faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni kelgusida moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish, ularning jamiyat hayotida ijtimoiy mavqeini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim fidoyisi” koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda www.project.gov.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilingan xodimlarini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha masofadan oʼqitish (onlayn) tizimi orqali qisqa muddatli oʼquv kurslarini tashkil etish haqida”gi buyruq tayyorlandi hamda Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 4944 nafar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari qisqa muddatli oʼquv kurslarida malakasi oshirildi.
Oʼzbekiston Repsublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan kelishilgan “Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”ning 3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda pedagog xodimlari oʼrtasida Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini baholash koʼrsatkichi” ishlab chiqilib, xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalarga yuborildi.
Xududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlarini doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilagan 774 nafar tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari oʼrganib chiqilib, hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish toʼgʼrisida javob xatlari yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Jahon banki hamkorligi doirasida “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi boʼyicha Kadrlar boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimi salohiyatini oshirish rejasini ishlab chiqishda texnik yordam koʼrsatish boʼyicha” hamda Monitoring va baholashning mavjud jarayonlari
va vositalarning umumiy koʼrinishi boʼyicha texnik yordam koʼrsatish boʼyicha texnik vaziflar ishlab chiqildi.
Maktabgacha taʼlim tizimidagi 2020 yil davomida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish hisobidan jami 15 874 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilagan boʼlib, jumladan, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hisobidan 3673 nafar, davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 4040 nafar, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 7913 nafar hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlar hisobidan 248 nafarni tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 2020 yil davomida 18-30 yoshgacha boʼlgan
6557 nafar yoshlar vazirlik tizimidagi tashkilotlarga ishga joylashtirilgan boʼlib, jumladan, boshqaruv tizimi lavozimiga
2571 nafar hamda texnik va xizmat xodimi vazifasiga 3986 nafar yoshlar ishga joylashtirilgan.