Oʻzbekistonning Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qarori toʻgʻrisida

news-detail

Hurmatli ota-onalar!

Ma’lumingizki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda karantin choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirishga ruxsat berilmoqda. 15-avgustdan nodavlat ta’lim tashkilotlari, ya’ni xususiy MTT va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan MTT faoliyati tiklanadi.

Bunda quyidagi talablarga rioya etish zarurligi qayd etilgan:

- tana harorati 37 darajadan yuqori hamda koronavirus alomatlari bo‘lgan xodimlar va bolalar MTTga kiritilishi mumkin emas;

- xodimlar tibbiy niqoblar taqib yurishi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalar hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur;

- MTT xonalari va hududi vaqti-vaqti bilan dezinfektsiya qilinishi, kirish qismi esa, pirometrlar, dezinfektsiya qiluvchi vositalar va gilamchalar bilan jihozlanishi kerak;

- bolalar va xodimlar qo‘llarni yuvish yoki antiseptik vositalar bilan qayta ishlash jadvaliga rioya qilishlari kerak;

- bolalarning taomdan oldin va keyin kamida 20 soniya mobaynida xodimlar nazoratida qo‘llarini yuvishi ta’minlanishi shart. Hojatxonaga borgach, o‘yinlar va sayrdan keyin ham shunday qilishlari kerak;

- imkoniyat darajasida bir guruhdagi bolalar sonini 15 nafargacha qisqartirish tavsiya etiladi, chunki, bir guruhdagi bolalarning tavsiya etilgan soni — 15 nafardan ko‘p emas;

- guruhda tarbiyalanuvchilar soni ortishi bilan koronavirusni yuqtirib olish ehtimoli ortadi.

Oddiygina harakatlar COVID-19 ni yuqtirishni to‘xtatishi mumkin, murakkab bo‘lmagan qoidalarga rioya qilishingiz sizning va oilangizning sog‘lom qolishiga yordam beradi va farzandlaringizga yaxshi namuna bo‘lib xizmat qiladi:

qo‘llaringizni kamida 20 soniya sovun bilan tez-tez yuving yoki antiseptik vositalardan foydalaning;

kasallik alomatlari bo‘lgan (aksirayotgan, harorati bor yoki yo‘talayotgan) kishilar bilan muloqot qilmang;

jamoat joylarida boshqalardan 2 metr uzoqlikda turing;

siz jamoat joyida bo‘lganingizda 2 va undan katta yoshdagi farzandlaringiz yuzlariga yopishib, og‘iz-burunni to‘sib turadigan niqob taqishlari shart;

bola salomatligini kuzatib turing, agar u o‘zini yomon his qilsa, harorati ko‘tarilsa, yo‘tal paydo bo‘lsa, nafas olishi qiyinlashsa/nafasi qissa, ko‘krak sohasida og‘riq bo‘lsa, juda uyqusirasa, zudlik bilan shifokor maslahatini oling. Yodda tuting, ayrim insonlarda COVID-19 virusining kam tarqalgan alomatlari: bosh og‘rig‘i, aksirish, mushaklardagi og‘riqlar, ich ketishi, hid va ta’m bilmaslik, terisida toshma paydo bo‘lishi, qo‘l-oyoqlaridagi barmoqlar rangi o‘zgarishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin;

farzandingizda kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, uni MTTga olib kelmang va MTT xodimlarini bundan xabardor qiling.

Hurmatli ota-onalar!

Yodingizda tuting, COVID-19 pandemiyasi chog‘ida zarurat bo‘lmasa, MTTga bormagan ma’qul!

O‘zingiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz salomatligi haqida qayg‘uring, ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling, shuningdek, niqob va antiseptik vositalarga beparvo bo‘lmang!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта