O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasbiy bayramlari bilan tabriklaymiz!
Sizlarga doimiy rivojlanish va yangi ijodiy yuksalish, tinchlik va barqarorlik tilaymiz. Sizning professional yo‘lingizga muvaffaqiyat va farovonlik yor bo‘lsin.
Muammoli holatlar, dolzarb masalalarni yoritganingiz hamda faoliyatingizdagi xolislik uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Maktabgacha ta‘lim vazirligi siz bilan muloqot va hamkorlikka har doim tayyor ekanligini eslatib o‘tamiz!