Sayt test rejimida ishlamoqda

Hurmatli ota -onalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari!

news-detail

Maktabgacha ta'lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi bo’yicha barcha choralarni ta'minlash va sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, “yashil” va “sariq” hududlardagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari( MTT) o‘z faoliyatini 2020-yil 1-avgustdan tiklashini ma'lum qiladi.

Ushbu jarayon Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.

Davlat MTT larining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e'lon qilingan sana 15- iyundan emas, balki 1- avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi:

-6000 dan ziyod davlat MTT larini kuchdagi “O‘zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta'minlash va ish tartibi bo‘yicha Sanitariya - gigiyena talablari” SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga ko‘ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash;

-2020 yil martida MTTlar faoliyati to‘xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo‘shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish;

-o‘quv yili boshlanishiga MTT larda ta'mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to‘xtagan davrda, u erda ishchilar bo‘lmaganligi sababli qoniqarsiz ko‘rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish;

-MTT lar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish;

-karantin davrida moliyalashtirish to‘xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish;

-MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun sharoit yaratish;

- “qizil” hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish( aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo‘lishi sharti bilan)borasidagi masalalarni hal qilish.

Maktabgacha taʼlim vazirligi avvalo bolalar manfaatlari yoʼlida va ular rivojlanishi uchun bexatar muhit yaratish maqsadida harakat qilishini yana bir bor eslatib oʼtadi.

Аyni damda MTV tomonidan butun Respublika boʼyicha ota-onalar fikri oʼrganilmoqda va shu yoʼl bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bogʼchaga yuborishni hohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida maʼlum MTT lardagi ota -onalar toʼla tarkibda bolalarini bog’chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota- onalar aʼzoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yoʼqligi haqida qaror qabul qilinadi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli oʼlaroq, xususiy bogʼchalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, maʼlum noroziliklarga sabab boʼlganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTT larda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam boʼlib, koʼp sonli bolalarning bir yerda toʼplanib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yoʼlga qoʼya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan.

Shuning bilan birga, ayni vaqtda, Maktabgacha taʼlim va Sogʼliqni saqlash vazirliklari hamkorligi, “ЮНИСЕФ” xalqaro bolalar fondi qoʼllovida ishlab chiqilagan va yakuniy kelishuv bosqichidagi "COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash" yakuniy kelishuv bosqichida boʼlib, unga koʼra koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 2- iyundagi 27- sonli majlis protokoliga koʼra quyidagilar ishlab chiqildi :

-COVID -19 pandemiyasi davrida MTT lar faoliyatini tashkil etish boʼyicha vaqtinchalik Nizom;

-MTT tarbiyalanuvchisining qonuniy vakillari imzosi uchun blanka shakli;

-MTTlarda ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiya vositalarining ishlatilish normalari;

- tonggi filtr uchun jurnal shakli.

Ushbu qarorda koʼrsatilgan qoidalarga koʼra davlat va nodavlat MTT larida:

-barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi qoidalar va choralar normasi bilan tanishtirilishi va tayyorgarlikdan o’tishi lozim;

-MTT rahbarining bolalar xavfsizligini taʼminlash haqidagi kafolat xati hamda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlarining qarori boʼlgandagina MTT lar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat beriladi;

-MTT xodimlari tibbiy niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashlari shart hisoblanadi;

-MTT hududida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam oʼtkazib turilishi shart;

-xodimlar va tarbiyalanuvchilarda tana harorati yuqori boʼlganda, yaʼni u 37˚ dan oshiq boʼlsa, shuningdek oʼtkir resperator infeksiyasi belgilari( tomoq ogʼrishi, yoʼtal, holsizlik va h.k) kuzatilganda ularning MTT ga kelishlari taqiqlanadi

-oilada yoki muloqot doirasidagilar orasida COVID-19 aniqlangan bo‘lasa tarbiyalanyvchini MTT ga olib kelmaslik, bu haqda darhol MTT dagilarga xabar berish lozim;

-MTT hududiga kirmaslik, bolani mas'ul xodimga topshirish so‘raladi;

-MTT joylashgan hududda epidemiologik holat yomonlashgan holatlarda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari tomonidan MTT faoliyati to‘xtatiladi.

Sizlardan talab etilayotgan profilaktik choralarga amal qilish,o‘zingiz yoki farzandingizda koronovirus belgilari kuzatilganda o‘z vaqtida MTT rahbariyati va xodimlariga xabar berish, o‘z sog‘lig‘ingiz xavfsizligini ta'minlash, atrofdagilarni infeksiya yuqishidan asrash uchun darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz.

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim vazirligi
"Xayr bog'cha - salom maktab!" madaniy-ma’rifiy tadbiri dasturi hamda tadbirda olingan fotosuratlar

DASTUR.pdf                          

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi

”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:  ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. Тарғибот материали.pptx

Maktabgacha ta'lim vazirligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim vakillari tomonidan (NMTTBAT) Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida  onlayn davomat qilish uchun yangi joriy etilgan mobil ilovasining 22-tahriri orqali davomat qilolmayotganligi yuzasidan murojaatlar tarqalmoqda. Ma’lumot uchun, 2022-yilning boshida Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirda Maktabgacha ta’lim agentligi) hamda tegishli mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning foydalanish holatlari o‘rganilgan. Natijada ayrim tadbirkorlar tomonidan ularga ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hajmini sun’iy ravishda oshirish maqsadida qog‘oz shaklida taqdim etilgan hisobotlarda ma’lumotlarni soxtalashtirib, maktabgacha ta’lim tashkilotida haqiqatda mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilar va xodimlarni ko‘rsatish, ular davomati kunlari sonini qo‘shish holatlari aniqlangan. Ushbu holatlarni bartaraf etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomatini elektron tizimga o‘tkazish rejalashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) va uning mobil ilovasi ishlab chiqilib, ushbu tizim davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish va korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qilmoqda. Hammamizga ma’lumki, dunyodagi barcha axborot tizimlar va mobil ilovalar ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Misol uchun, bugungi kunda smartfonlarda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar (“Android” yoki “IOS”) hamda mobil ilovalarning (Telegram, Instagram, Facebook va boshqalar) yangi taxriri (versiyasi) telefon qurilmalariga muntazam yetkazib beriladi. Shular kabi NMTTBAT va uning mobil ilovasida ham, joriy etilganidan buyon doimo takomillashtirilib, qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlar kiritilib borilmoqda. Misol uchun, NMTTBATning mobil ilovasining yangi 22-tahririda ota-onalar badali to‘lovi uchun fiskal belgiga ega elektron chekni shakllantirish va bu to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida tarbiyalanuvchi ota-onasining mobil telefon raqamiga xabarnoma jo‘natish, xodimlarning plastik kartalariga ish xaqini o‘tkazish jarayoni holatini aniqlash, tarbiyalanuvchi fotosurati haqqoniyligi tasdiqlash, elektron yo‘qlama qilingan bolalar va xodimlarning sun’iy intellekt yordamida haqiqiyligini tasdiqlash kabi imkoniyatlar va funksiyalar kiritilgan. Bu ilovaning boshqa ilovalardan eng katta farqi shundan iboratki, bolalar va xodimlar davomatining elektron yo‘qlamasi sun’iy intellekt orqali  tahlil qilinib, odamning yuzidan emas, balki foto va video orqali amalga oshirilgan yo‘qlamalar avtomatik tarzda aniqlanadi va ular soxtaligi sababli NMTTBAT tomonidan hisobga olinmaydi. Shuningdek, sun’iy intellektning yo‘qlamalar natijasi bo‘yicha xulosalari bir ish kuni mobaynida foydalanuvchilarga mobil ilova orqali uzatib boriladi. Keling endi NMTTBAT mobil ilovasining yangi 22-tahriri foydalanishga joriy etilgandan buyon sun’iy  intellekt tomonidan o‘tgan 4 ish kuni davomida qilingan yo‘qlamalar bo‘yicha xulosalarning statistikasiga nazar tashlasak. Demak: 16-may kuni yo‘qlama qilingan 235,5 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 74,5 ming nafari (31,6 foizi), 17-may kuni 333,7 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 69,7 ming nafari (20,9 foizi), 18-may kuni yo‘qlama qilingan 355,4 ming nafar tarbiyalanuvchidan 44,5 ming (12,5 foizi), 19-may kuni 361,2 ming nafar tarbiyalanuvchidan 30 ming nafari (8,3 foizi) bo‘yicha yo‘qlamalar soxtalashtirilib, foto surati va video roliklardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Aniqlangan holat bo‘yicha lavhalardan o‘zingiz guvoh bo‘ling: Yuqoridagi raqamlarni umumlashtirib hisoblasak faqatgina 4 kun davomida davlat byudjetining 3 mlrd.so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini oldi olinganligining guvohi bo‘lamiz. Hurmatli tadbirkorlar, NMTTBAT foydalanuvchilari!!! Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish masalalarida mas’uliyat bilan yondoshishingizni iltimos qilib qolamiz. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi, axborot tizimidan to‘g‘ri foydalanib, maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Agentlik, ushbu axborot tizimi va uning mobil ilovasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borish ishlari davom ettirilishini ma’lum qiladi. Yuzaga keladigan barcha savollaringiz bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlari va telegramm kanallariga biriktirilgan bot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. Har bir savolingiz biz uchun muhim.  Savol va murojaatlar bilan bog‘lanish aloqalari: (+998 71) 207 04 07 (+998 99) 250-84-84  https://t.me/help_nmttbat https://t.me/nmttbat_chat   

Вид сайта
Размер шрифта