Maktabgacha ta'lim vazirligi Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha Respublika Maxsus komissiyasi sariq va yashil xududlarda, MTT raxbariyati va xodimlari tomonidan zarur havfsizlik choralarini ta’minlangan holda, ushbu tashkilotlar faoliyatini qayta tiklashga ruxsat berilishi haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi.
Ayni vaqtlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Respublika Sog’liqni Saqlash vazirligi huzuridagi Sanitarija-epidemiologiya osoyishtaligi Agentligi, xalqaro tashkilotlar, UNICEF va Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo’yiladigan talablar tartibini o’z ichiga olgan nizom ishlab chiqilmoqda. MTTlar faoliyatini tiklash borasidagi tartibi haqida Maktabgacha ta’lim vazirligi o’zining rasmiy saytida yana qo’shimcha tarzda ma’lumot beradi.
Talab etiluvchi xavfsizlik choralarini ta’minlab bera oluvchi xususiy MTTlar 2020 yil 15 iyundan faoliyatlarini boshlashlari mumkin.
Ayni damda Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlar faoliyati havfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, ularda tarbiyalanuvchilar ovqatlinishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlarni xarid qilish, himoya vositalarini sotib olish, o’rnatish va dezinfeksiya qilish, MTT hodimlarini mehnat ta’tilidan ishga chaqirish bo’yicha tegishli rasmiylashtirish bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.
Hozirgi vaqtda barcha MTT rahbariyati va hodimlari oldidagi eng muhim vazifasi- bu bolalar havsizligini ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda, Maktabgacha ta’lim vazirligi MTT tarbiyalanuvchilari uchun havfsiz sharoit yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga ma’lum vaqt talab etishi bilan bog’liq vaziyatga to’g’ri baho berishingiz va tushunishingizni so’raydi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib Davlat MTTlari faoliyating havfsiz va sifatliligini ta’minlash maqsadida ayni vaqtlarda ishlab chiqayotgan jadvali asosida DMTTlarning faoliyati 15 iyundan 1 iyulgacha amalga oshiriladi. Ushbu jadval Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.
Karantin choralari yumshatilishidan qat’iy nazar Sizlarni hushyorlikni yo’qotmaslik, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasi talablariga to’la rioya qilish, o’zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiramiz. Sizlardan o’zingiz yoki farzandingizda tana harorati ko’tarilishi, nafas qisilishi, quruq yo’tal, holsizlik belgilari paydo bo’lgan zahoti shifokorga darhol murojaat qilish va bu haqida MTT xodimlariga xabar berishingizni so’raymiz.