Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovboshchiligidagivazirliklar xodimlari 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida bo'lib, bolalajonlarni bayram bilan tabrikladilar va sovg'alar topshirdilar. O'tkazilgan tadbirlar va sovg'alarni topshirish jarayoni karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirildi.
Ikki vazirlik vakillari kunning birinchi yarmida Yangiyer Pedagogika kolleji, Yangiyer Akademik litseyi va Guliston Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurishdi.
Agrippina Shin Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yo'llagan tabrik nutqida : «Mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bolalarga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Farzandlarimiz - bu bizning hayotimiz, kelajagimiz va baxtimiz. Har biringizning oilalaringizda va maktabgacha ta'lim muassasalarida e'tibor va g'amho'rlik ko'rsatilayotgan bu bolajonlar kelajakda hayotimizga yanada g'ayrat, ma'no va mazmun bag'ishlayversin, biz kattalarni yangi ijodiy muvaffaqiyatlarga etaklasin»
Tashrif davomida Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarida joylashgan MTTlar ihtiyoriga tarbiyalanuvchilar uchun bolalar velosipedlarini sovg'a qildilar. Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan 1302 nafar uy ho'jaliklariga vaqtincha joylashtirilgan maktabgacha yoshdagi kichkintoylarga o'yinchoqlar, shirinlik va kiyim kechaklar,jumladan132 nafar maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarga bola uchun foydali va rivojlantiruvchi sovg'alar topshirildi.
"Biz sizga nafaqat 1-iyun kuni, balki sizni har kuni himoya qilishga va mehr ko'rsatishga va'da beramiz. Bugun 1-iyun - "Ilk kadam" dasturiga binoan yozgi sog'lomlashtirishdam olish tadbirlari boshlanadigan kun hisoblanadi. Bugun Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda har biringizni tabriklashga harakat qildik: kitoblar, yozgi kiyimlar, velosiped va televizorlar. Bularning barchasisiz uchun yozgi mashg'ulotlarimiznimasofadatomosha qilib shug'ullana olishingiz, shuningdek, bardam va sog'lom bo'lgan holda sentyabr oyida yana jonajon bog'chalaringizga qaytishingiz uchundir.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida vazirlik xodimlari Sirdaryo viloyatining 16 ta hududida joylashgan ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolalarni bayramlari bilan tabrikladilar va sovg'alarni egalariga etkazdilar.