​TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANIDAGI 489-SONLI MTT dagi HOLAT BO‘YICHA BAYONOT.

news-detail

Maktabgacha ta'lim vazirligiga karantin choralari amalda ekanligiga qaramay ,Toshkent shahri,Mirobod tumanidagi 489-МТТ hududini tartibga keltirish uchun xodimlar jalb etilganligi haqida xabar kelib tushdi.

SHu munosabat bilan MTV majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini ma'lum qiladi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi mas'ul davlat organlari bilan hamkorlikda bu holat tafsilotlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi.Karantin choralarini buzganlik va xodumlarni ta'qiqlarga qaramay MTT hududiga kiritganligi uchun 489-sonli MTT mudirasiga nisbatab intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va xayfsan berilganligini ma'lum qilamiz.

Hurmatli MTT xodimlari va ota-onalar!

Mamlakat rahbaruyatining joriy yil 16-martdagi barcha shakldagi MTT lar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaroriga ko‘ra,karantin vaqtida MTT hududida xodimlar,tarbiyalanyvchilar va boshqa shaxslar bo‘lishi qat'iy man etilganligini eslatib o‘tamiz.

Karantin choralari buzilganligi aniqlangan taqdirda, buni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishi belgilangan.

Barchangizni o‘zingiz va yaqinlaringiz calomatligini muhofaza qilish, koronovirus infeksuyasi yuqishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan belgilangan choralarga qat'iy rioya qilishga chaqiramiz!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта