Avval xabar berilganidek, hududlarda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni kunlarda hududlarda ushbu tanlovning ikkinchi sharti – video-portfolio tayyorlash bo‘yicha bahslar olib borilmoqda.
Ushbu shart 20 ballik mezonda baholanib, unda quyidagi talablar yetakchi o‘rin tutadi:
metodist faoliyati va tarbiyachi nominatsiyasiga moslik;
rasm va lavhalarning mazmundorligi;
mavzuni ochishda o‘ziga xos bo‘lgan yangi g‘oyani qo‘llash;
vaqt taqsimotiga rioya etish va uzviylikni ta’minlash;
axborot mazmuni, ovoz hamda vidoeffektlarning o‘zaro monandligi alohida e’tiborga olinadi.
Hozirga qadar 40 yoki undan ortiq ball to‘plagan ishtirokchi bosqichning kelgusi shartida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.