Mustaqillik tantanalari arafasida Karmana tumanida Investisiya dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilingan 120 o‘rinli 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ta’lim dargohida bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.