Bugun, 4-sentabr kuni viloyatimizdagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Salom bog‘cha” tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi.
Mustaqilligimizning 32 yillik sanasi uyg‘unligida bayromana tarzda tashkil etilgan ushbu tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari keng jalb etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Shuningdek, "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar ham tashkil etilmoqda.
Ma’lumot uchun: Ayni paytda viloyatda 1 912 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularga 125 675 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan. Bu maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 82,2 foizini tashkil etadi.