Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro hamkorlik doirasida tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta’minlash loyihasi haqida

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Loyihani amalga oshirishda tashkil etiladigan 10 ta innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlarning faoliyati uchun hududiy hokimiyat organlari tomonidan joylar bilan taʼminlash va xodimlarga mahalliy byudjet hisobidan ish haqini toʻlash hamda Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu guruhlarni tashkil etish uchun ajratilgan boʻsh xonalarni taʼmirlash, ularni kerakli boʻlgan jihozlar, oʻquv-didaktik material va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash hamda ushbu guruhlarda faoliyat yuritadigan pedagog xodimlarini oʻqitish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida Surxondaryo viloyatidagi afg‘on bolalari va ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta’lim uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida inklyuziv ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan muqobil guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, loyihada belgilangan mezonlar asosida Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Innovatsion inklyuziv koʻp tilli taʼlimga yoʻnaltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar fondi (YUNISEF) hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilning 10 -14-sentyabr kunlari Termiz shahrida “Ko‘p tilli muqobil guruhlarda pedagogik yondashuvlar” mavzusida o‘quv-amaliy trening o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oyi davomida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi  ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Uchrashuv davomida viloyatda loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar kelishib olinib, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashklilotlariga tashrif buyurilib ko‘zdan kechirildi.

Tashrif  doirasida loyiha bo‘yicha tanlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va metodistlari, hamda tarbiyachilari bilan suhbat o'tkazilib,  ota-onalar va mahalla vakillari, jumladan afg‘on jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan edi.

Shiningdek, uchrashuvda yig’ilganlarga viloyatda Afg‘onistonlik maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berilib, ustuvor vazifalar belgilangan.

 Ma’lumot uchun, loyiha 2022-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida loyihaning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi,  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unga ko‘ra loyiha 2023-yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

YUNISEF  (https://t.me/unicefuzbekistan) faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта