Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan talabalar nafaqat yetarli ko'nikma, tajriba balki mehnatiga yarasha qo'shimcha haq ham olishmoqda.
Viloyat hokimi tashabbusi bilan barcha ta'lim tashkilotlarida ta'limning barcha bog'iniga alohida e'tibor doimiy qaratilmoqda.
Viloyat hokimi tomonidan viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xorijiy tillarni o'rganishini rivojlantirishga qaratilgan tashabbus sabab bugungi kunda Andijon davlat chet tillari instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari bilan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ular viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga biriktirilib, o'sha tashkilotlarda o'z malakaviy amaliyotlarini o'tash bilan bir qatorda turli pulli xizmat orqali qo'shimcha haq olmoqdalar.