Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha talim tashkiloti: Mening ilk kitob javonim...

news-detail

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilmoqda.

Bugun Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-DMTT da "Mening ilk kitob javonim" loyihasi boʻlib oʻtdi. Unda filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti oʻqituvchisi, kino va teatr aktyori Dilmurod Uzoqov ishtirok etdi.

Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan har bir bolaning sifatli taʼlim olishiga hamda ularning oʻz potensiali va rivojlanishini toʻliq amalga oshirishiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ushbu moʻjaz kutubxonalar, maktabgacha talim tashkilotlarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha talim va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatchilikning bolalarga erta talim berish va oilada erta kitob oʻqishni tashkil etishning ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida tashkil etilmoqda. 

Kichik kitob javonlari o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun sheriy to‘plamlar bilan ta'minlandi. 

Bularning barchasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uchun maxsus tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida maktabgacha yoshdagi bolada kutubxonaga borish ehtiyojini tarbiyalash va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni berishi nazarda tutilgan. Bu kabi saʼy-harakatlar albatta, kelajakda bolajonlarning vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashga, ularning har tomonlama mukammal shaxs boʻlib yetishishlari, yurtimiz bayrogʻini yukasakga koʻtarishlariga xizmat qiladi.

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта