Agentlik tasarrufidagi pedagogika kollejlarida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari qanday kechmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xonqa pedagogika kolleji byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan umumiy quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellari sotib olinib o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh panellaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi kollej ehtiyojlarini (iste’molini) to‘liq qo'plab, ortgan elektr energiyasi har oy davomida yagona elektr energetika tizimiga uzatilib iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ billing tizimida yuritilib, har oy yakuni bilan tarmoqqa uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga asosan o‘zaro hisob-kitob qilinib kelinmoqda.
Ana shunday ishlarning davomi sifatida Namangan pedagogika kollejida ham quyosh paneli o‘rnatilib jami 30 kVt li Yashil enegiya ishga tushirildi.
Bugungi kunda agentlik tasarrufidagi 32 ta pedagogika kollejlari quyosh panellari 4 tasida quyosh suv isitkichlari o‘rnatilgan. Yil yakuniga qadar yana 12 ta pedagogika kollejlarida quyosh panellari va quyosh suv isitgichlari o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish avvalo, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda elektr energiyasi ehtiyojlarini to‘liq yaxshilashga imkon beradi.