Dunyo bolalarini 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan tabriklayman.
Bolalik - eng go‘zal davr. Umrimizning yorqin xotiralari bolalik bilan bog‘liq. Hayotimiz ma’nosi farzandlarimizning kulgusida aks etadi, ular bor ekan biz harakatdan to‘xtamaymiz.
Yangi O‘zbekiston aziz bolajonlari, sizlarga uzoq umr, salomatlik tilayman. Kelajakda yetuk va barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishingizga yurtimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Sizlarni bilimdon, odobli qilib tarbiyalash bizning eng katta maqsadimiz ekanligidan faxrlanaman.
Musaffo osmon xamisha baxtli bolalik davomchisi bo‘lsin.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari -Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin