Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari A. Risboyeva bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki mamlakat taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha fikr va tajriba almashdilar, maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Muloqot konstruktiv ruhda o‘tdi.