Ayni damda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda.
Konferensiyada Amerika, Hindiston, Janubiy Koreya, Rossiyadan maktabgacha ta’lim tizimida samarali ish olib borayotgan professorlar o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda.
Anjumanda 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy taʼlim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha taʼlim kafedralari oʻqituvchilari; maktabgacha taʼlim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilinqan.