Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat muhofazasi bo'limi boshlig‘i A.Xudoynazarovning "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, ma’ruza davomida eski tahrirdagi Mehnat kodeksi va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi o'rtasidagi tafovutlar va kiritilgan yangiliklar haqida tushuncha berildi.
Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari mavzu doirasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.