Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalar soni 255 ming 705 nafarni tashkil etadi.
Viloyatda mavjud 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 94 ming 131 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi 158 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 ming 423 nafar, 1871 ta oilaviy bogʼchalarda 49 ming 41 nafar hamda 10 ta xususiy bogʼchalarda 603 nafar 3-7 yoshdagi bolalar qamrab olingan.
Umimiy hisobda viloyatda 2 ming 489 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 156 ming 198 nafar 3-7 yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan boʼlib, umumiy qamrov darajasi 61,1 foizni koʼrsatmoqda.