Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Press-turdagi 1-manzil Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
2-manzil esa viloyatning Gurlan tumanidagi “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi.
Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i) qamrab olingan. Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy, 9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda.
VIDEO