Video -
Namangan viloyatining Norin tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida homiylar tomonidan xayrli ishga qo‘l urilib, bolajonlar ta’lim – tarbiya olayotgan maskanning qiyofasini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 30 tonna asfalt sarflanib, 415 m2 maydon asfaltlandi.
8 ta guruhga televizorlar olib berilib, tashkilotning old fasad qismi to‘liq bo‘yoqdan chiqarildi.
Bu kabi amaliy ishlar ertamiz egalarining sog‘lom unib-o‘sishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti infratuzilmasining yaxshilanishiga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.