Maktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar.
Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.