Ijtimoiy tarmoqlarda “28-MTTdan yozyapmiz. Dekabrdan fevral oyigacha maoshsiz ishladik. Fevralda oylik chiqarib beraman deb berishmadi. Mutasaddilar holatga e’tibor qaratsa minnatdor bo‘lar edik” mazmundagi murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaatda faqat MTTning raqami yozilib, uning qaysi hududda ekanligi keltirilmagan. Shu munosabat bilan ushbu murojaatni o‘rganishning imkoni bo‘lmadi.
Ijtimoiy tarmoq faollaridan, e’lon qilinayotgan murojaatni to‘liq manzil bilan ko‘rsatishlari so‘raladi, to‘liq manzil bilan ko‘rsatilgan murojaatlar albatta o‘rganib chiqilib, murojaatdagi muammoning bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kun holatida, butun respublika bo‘ylab 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.