Sayt test rejimida ishlamoqda

Xorazmda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi

news-detail

FOTOREPORTAJ- https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2496 

Press-tur ikkita manzilda bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri Xiva shahridagi 350 quvvatga mo‘ljallangan 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning barchasi  matematika fanini mukammalroq o‘rganishi uchun rejaviy mashg‘ulotlardan tashqari fanga yo‘naltirilgan to‘garaklarga jalb etilgan. Bundan tashqari, tashkilotda ingliz tili, mental arifmetika, gimnastika, raqs, karate, kurash kabi to‘garaklar mavjud. Bugungi kunda tashkilot to‘la quvvat bilan ishlamoqda.

Tashkilotning qurilish-taʼmirlash ishlariga 7mlrd. 350 mln so‘m ajratilib, 2021-yilda foydalanishga topshirilgan.

Maʼlumot uchun, hozirda Xiva shahrida jami 88 ta  maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

Ikkinchi manzil Gurlan tuman “Gulshan” MFY hududida joylashgan «Lolaxon-Zuhraxon» MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘ldi.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanining maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirildi hamda 20 nafardan ortiq yangi ish o‘rin yaratildi.

Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil qilib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.

Eslatma! Bugungi knda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi.

Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i)  qamrab olingan.  Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy,  9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bugungi kunda 8 913 nafar pedagog xodimlar faoliyat olib boradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта