Sayt test rejimida ishlamoqda

Rasmiy munosabat

news-detail

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrim vakillari tomonidan (NMTTBAT) Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida  onlayn davomat qilish uchun yangi joriy etilgan mobil ilovasining 22-tahriri orqali davomat qilolmayotganligi yuzasidan murojaatlar tarqalmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning boshida Maktabgacha ta’lim vazirligi (hozirda Maktabgacha ta’lim agentligi) hamda tegishli mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning foydalanish holatlari o‘rganilgan.

Natijada ayrim tadbirkorlar tomonidan ularga ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hajmini sun’iy ravishda oshirish maqsadida qog‘oz shaklida taqdim etilgan hisobotlarda ma’lumotlarni soxtalashtirib, maktabgacha ta’lim tashkilotida haqiqatda mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilar va xodimlarni ko‘rsatish, ular davomati kunlari sonini qo‘shish holatlari aniqlangan.

Ushbu holatlarni bartaraf etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida tarbiyalanuvchilar va xodimlar davomatini elektron tizimga o‘tkazish rejalashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga asosan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) va uning mobil ilovasi ishlab chiqilib, ushbu tizim davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda subsidiya va kompensasiyalarni ajratish jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish va korrupsion holatlarni oldini olishga xizmat qilmoqda.

Hammamizga ma’lumki, dunyodagi barcha axborot tizimlar va mobil ilovalar ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Misol uchun, bugungi kunda smartfonlarda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar (“Android” yoki “IOS”) hamda mobil ilovalarning (Telegram, Instagram, Facebook va boshqalar) yangi taxriri (versiyasi) telefon qurilmalariga muntazam yetkazib beriladi.

Shular kabi NMTTBAT va uning mobil ilovasida ham, joriy etilganidan buyon doimo takomillashtirilib, qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlar kiritilib borilmoqda.

Misol uchun, NMTTBATning mobil ilovasining yangi 22-tahririda ota-onalar badali to‘lovi uchun fiskal belgiga ega elektron chekni shakllantirish va bu to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida tarbiyalanuvchi ota-onasining mobil telefon raqamiga xabarnoma jo‘natish, xodimlarning plastik kartalariga ish xaqini o‘tkazish jarayoni holatini aniqlash, tarbiyalanuvchi fotosurati haqqoniyligi tasdiqlash, elektron yo‘qlama qilingan bolalar va xodimlarning sun’iy intellekt yordamida haqiqiyligini tasdiqlash kabi imkoniyatlar va funksiyalar kiritilgan.

Bu ilovaning boshqa ilovalardan eng katta farqi shundan iboratki, bolalar va xodimlar davomatining elektron yo‘qlamasi sun’iy intellekt orqali  tahlil qilinib, odamning yuzidan emas, balki foto va video orqali amalga oshirilgan yo‘qlamalar avtomatik tarzda aniqlanadi va ular soxtaligi sababli NMTTBAT tomonidan hisobga olinmaydi.

Shuningdek, sun’iy intellektning yo‘qlamalar natijasi bo‘yicha xulosalari bir ish kuni mobaynida foydalanuvchilarga mobil ilova orqali uzatib boriladi.

Keling endi NMTTBAT mobil ilovasining yangi 22-tahriri foydalanishga joriy etilgandan buyon sun’iy  intellekt tomonidan o‘tgan 4 ish kuni davomida qilingan yo‘qlamalar bo‘yicha xulosalarning statistikasiga nazar tashlasak. Demak:

16-may kuni yo‘qlama qilingan 235,5 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 74,5 ming nafari (31,6 foizi), 17-may kuni 333,7 ming nafar tarbiyalanuvchilardan 69,7 ming nafari (20,9 foizi), 18-may kuni yo‘qlama qilingan 355,4 ming nafar tarbiyalanuvchidan 44,5 ming (12,5 foizi), 19-may kuni 361,2 ming nafar tarbiyalanuvchidan 30 ming nafari (8,3 foizi) bo‘yicha yo‘qlamalar soxtalashtirilib, foto surati va video roliklardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha lavhalardan o‘zingiz guvoh bo‘ling:

photo_2023-05-20_20-44-31.jpg

photo_2023-05-20_20-44-33.jpg

Yuqoridagi raqamlarni umumlashtirib hisoblasak faqatgina 4 kun davomida davlat byudjetining
3 mlrd.so‘mga yaqin subsidiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini oldi olinganligining guvohi bo‘lamiz.

Hurmatli tadbirkorlar, NMTTBAT foydalanuvchilari!!!

Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish masalalarida mas’uliyat bilan yondoshishingizni iltimos qilib qolamiz.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi, axborot tizimidan to‘g‘ri foydalanib, maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida munosib hissasini qo‘shib kelayotgan halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Agentlik, ushbu axborot tizimi va uning mobil ilovasi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borish ishlari davom ettirilishini ma’lum qiladi.

Yuzaga keladigan barcha savollaringiz bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamlari va telegramm kanallariga biriktirilgan bot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. Har bir savolingiz biz uchun muhim.

 Savol va murojaatlar bilan bog‘lanish aloqalari:

(+998 71) 207 04 07

(+998 99) 250-84-84 

https://t.me/help_nmttbat

https://t.me/nmttbat_chat 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
#Aqlvoy_oshpaz QURITILGAN MЕVALAR BILAN GURUCHLI BO‘TQA

TAYYORLASH  TЕXNOLOGIYASI Mayiz yoki bargaklar saralanadi, yuvilib, qaynoq suv bilan chayiladi va 20-30 daqiqa davomida to‘liq shishib chiqqunga qadar suvda qoldiriladi va sovitiladi. Guruchni saralab, avval iliq, keyin issiq suvda yuviladi. Tayyorlangan guruchni qaynab turgan tuzli suvga solib, yarim tayyor bo‘lguncha pishiriladi, ortiqcha suvi to‘kib tashlanadi va me’yordagi qaynatilgan sut qo‘shiladi. Tuz va shakar hamda tayyorlangan mayiz yoki bargak qo‘shiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda quyuqlashguncha qaynatiladi. So‘ngra qozonning qopqog‘i yopilib, taom maromiga yetilib pishgunga qadar past olovda ushlab turiladi. Tarqatilishidan oldin sariyog‘ qo‘shiladi. Taom likopchada tortiladi. Bo‘tqaning tarqatishdagi maqbul harorati +50°C. SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR  Tashqi ko‘rinishi: yorma donalari to‘lishib pishgan, yaxshi qaynatilgan. Rangi: mayiz yoki bargak bilan aralashtirilgan och qaymoqrang yoki kulrang – oq rangda. Ta’m va hidi: mayiz yoki bargak bilan birga qaynatilgan guruchga xos. Tarkibi: bir xil, yopishqoq, donlari yumshoq. Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 150 gr, 3-7 yoshga 180 gr.ni tashkil etadi.  MASALLIQLAR  Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi 1-3 yoshga / 3-7 yoshga  Guruch 22,5/27 Suv 56/68 Sut 56/68 Mayiz yoki bargak 7,5/99 Sariyog‘ 3,8/4,5 Shakar 3,8/4,5 Tuz 0,8/0,9

Maktabgacha ta'lim agentligi
#Ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.  Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi. 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim  fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Respublikadagi 100 ta davlat MTTlarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi sifati baholanadi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorlikda erta yoshdagi bolalarning taʼlim sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida joriy etilgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholash tizimi” orqali respublikaning 100 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini baholash hamda ma’lumotlarni jamlash va ularni tahlil qilish bo‘ycha trenerlarni tayyorlashga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-treningda xorijiy trenerlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Seminar-trening yakunlangach ishtirokchilar joriy yilning oktabr oyida maʼlumot yigʻish uchun hududlarga xizmat safariga yuborilib, olingan bilimlarning amaliyotga qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Вид сайта
Размер шрифта