Kuni-kecha Shofirkon tumanidagi 4-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "2022—2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy Dasturi"ga bag‘ishlangan "Diqqat yo'lovchi diqqat bolalar" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tumandagi barcha davlat MTTlarning direktorlari ishtirok etdilar.
Ma'lumot o‘rnida, "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2022-yil 12-iyundagi PQ-316-son Qarori bilan tasdiqlangan.