So‘x tumanida alohida ta’limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni qabul qilish bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

news-detail

Kuni-kecha Farg'ona viloyati So'x tumanida Maktabgacha ta'lim agentligi xodimlari va Farg'ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya mutaxassislari ishtirokida  bolalarni So'x tumanidagi 4-sonli qo'shma turdagi  davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga yo'naltirish bo'yicha ishlar olib borildi. 

Ushbu qo'shma turdagi  davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 2023-yilda yangi zamonaviy binoda tashkil etilib, 10 ta guruhga mo'ljallangan, shundan 4 ta guruh  alohida ta’limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni qabul qilishga yo'naltirilgan.

 Mutaxassislar tomonidan rivojlanishdagi o'ziga xos xususiyatlarini va maxsus ta'lim sharoitlariga bo'lgan ehtiyojni o'z vaqtida aniqlash maqsadida 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida tekshiruv o'tkazildi. Shuningdek, so'rov natijalariga ko'ra bolalarga tibbiy, psixologik va pedagogik yordam ko'rsatish bo'yicha tavsiyalar tayyorlandi.

Maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarning ota-onalari va pedagoglariga ularning o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha konsultativ yordam ko'rsatildi.

Eslatib o'tamiz: Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi inklyuziv guruhlar tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-sonli qarori 3-ilovasida belgilab berilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта