Maktabgacha ta’lim tizimida pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimida olib borilayotgan ishlar haqida

news-detail

Video - https://youtu.be/C4ukrF3OU_8 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrda 929-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari va pedagog hodimlari, shuningdek, Toshkent shahri va viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglari malaka oshiradilar. 

Institut o‘z faoliyatini boshlagan ilk kundan boshlab bugungi kunga qadar, 36 717 nafar rahbar va pedagog xodimlarning malakasini oshirib, nomutaxassis pedagoglarni qayta tayyorlovdan o'tkazdi.

Hozirgi kunda institutda 106 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi, shuningdek, 5 ta kafedra, 11 bo‘lim va Innovasion tadqiqot lobaratoriyasi hamda Psixologik markaz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Institutda tinglovchilar uchun 320 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy mavjud bo‘lib, unda tinglovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Nomutaxassis pedagoglar uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo‘lib, 3 ta (tarbiyachi, defektologiya, psixologiya) yo‘nalishda 576 soatga mo‘ljallangan kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Institutda tinglovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, an’naviy, masofaviy va ZOOM platformasi orqali malaka oshirish shakllari ham yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga 2022-yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida institutning professor o‘qituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish kurslari ham tashkil qilindi. 2023-yilda ham sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda Sirdaryo viloyatidagi tinglovchilar uchun  institutning professor o‘qituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish kurslariga dars berilib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun:  Bugungi kun holatiga ko‘ra,  maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  jami 152 897  nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda. 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта