Vazirlik rahbariyati “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

news-detail

Fotoreportaj - https://mpe.uz/post-detail/posts/photo-gallery/2478 

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida, Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tanlovning g‘oliblari taqdirlanib, ularning qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin ishtirok etishib, tanlovda g‘olib bo‘lgan jami 36 nafar tarbiyalanuvchilarni ota-onalari bilan birgalikda taqdirlashdi.

Gʻoliblarni taqdirlash jarayonida,  O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova tomonidan bu kabi tanlov va ko‘rgazmalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi,  ilk bolalik yoshidanoq  oila muqaddas dargoh ekanligini singdirib borilishida xizmat qilishi ta’kidlandi. Vazir X.Umarova o‘z nutqida Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlanganligi, oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilishi haqida  ma’lum qildi va tanlov g‘oliblarini tabrikladi.

  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalar hamda tanlov g‘olibi bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni tabriklab, o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:

“Biz bugungi “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tanlovni hamda qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish orqali bolalarda oila, oilada tinch-totuv yashash, o‘zaro mehribonlik, g‘amxo‘rlik haqidagi tushunchalarni mustahkamlashni hamda kelgusida bir birlariga bo‘ladigan munosabatni yaxshilash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishni maqsad qilganmiz.

Jamiyatimizda "Oila" so‘zi nafaqat oila ishtirokchilariga, nisbatan balki jamiyatimizdagi kelajak avlodni tarbiyalashda bel bog‘lagan pedagoglar jamoasi, ya’ni biz ishlayotgan dargoh ham bir oiladir, yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham bir oiladir.

Biz pedagoglar birgalikda bitta oila bo‘lib ushbu tadbirlarni tashkil etayapmiz, ertaga sizu biz tarbiyalayotgan yangi avlodimiz ham o‘z oilalarini tuzishadi va jamiyatimizning ahil oilalaridan biriga aylanishadi.

 “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari ko‘rgazmasini tashkil etilishi bilan oilalar va ta’lim tashkilotlarining o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishiga erishiladi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.”

Bugungi “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli tadbirda MTT tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ota-onalar ham ishtirok etishdi.

“Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayonida farzandimning qiziqishlari va qobiliyatini yanada ko‘proq angladim, bu kabi  oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik tadbirlaridan xursandman,”-deydi Uchtepa tumani 411-sonli MTT tarbiyalanuvchisi O‘sarova Malikaxonning onasi Amirqulova Dilfuza.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-apreldagi “15-may –Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 13-son majlis bayoniga ko‘ra,maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Oilam uchun men o‘z qo‘lim bilan tayyorlagan sovg‘am” nomli qo‘l mehnati ishlari tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash vazifasi belgilangan edi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта