Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha ta'lim agentligida Islom taraqqiyot banki, ta'lim manfaatlari bo'yicha Global hamkorlik va UNICEF ning O'zbekistondagi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin bugun O'zbekistonda ITB, GH va UNICEF vakillari bilan uchrashuv o' tkazdi. 

Xorijiy tomon mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining yuqori samaradorligini qayd etdi. 

GH mintaqaviy menejeri janob Nils Raysmanning aytishicha, 2017-yildan buyon O'zbekiston tomoni kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berishda katta yutuqlarga erishgan va bu o'sish tendensiyasi kelajakda ham davom etishini tilab qoldi.

O'z navbatida, ITB vakili Janob Muhammad Mirza bank O'zbekiston tomonining iltimosiga binoan ta'lim sohasida qo'shimcha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, 2023-yil 27-aprel kuni O'zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki o'rtasida Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qarz bitimi imzolangan bo'lib, uning doirasida 2027-yil oxirigacha respublika hududlarida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 120 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan. 

Shu bilan birga, UNICEF ning O'zbekistondagi ta'lim sektori rahbari Janob Alberto Byankoli bolalarga yordam berish xalqaro jamg'armasining mamlakatda maktabgacha ta'lim sifatini oshirish masalalarida, xususan, maktabgacha pedagogika, o'quv-uslubiy va o'yin materiallarini takomillashtirish orqali Maktabgacha ta'lim agentligiga faol ko'maklashish niyati haqida xabar berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu samarali uchrashuv o'tkazilgani uchun minnatdorliklari, samarali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта