Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchi talabalarining “Bitiruv ishlari ko‘rgazmasi va taqdimoti” o‘tkazildi.

news-detail

“Bitiruv ishlari ko‘rgazmasi va taqdimoti” ("Graduation work exhibition and presentation") Koreya Respublikasi tajribasiga asoslangan Toshkent shahridagi Puchon universitetidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini taqdim etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Toshkent shahridagi Puchon universiteti filialida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash bo‘yicha  fakultetlar faoliyati hamda talabalarning kasbiy qobiliyatlari taqdimotini tashkil etish maqsadida 10,11-may kunlari  “Bitiruv ishlari ko‘rgazmasi va taqdimoti” ("Graduation work exhibition and presentation") quyidagi jadvalga muvofiq o'tkazildi:

- "Arxitektura" fakulteti -10 may, soat 10.00

- "Koreys tili va menejment" fakulteti -11 may, soat 10.00-12.00

- "Maktabgacha ta'lim" fakulteti -11 may, soat 14.00-17.00

Joriy yilning 10-may kuni  taqdimot  "Arxitektura" yo‘nalishi bilan boshlanib, bugun 11-may kuni "Maktabgacha ta’lim", "Koreys tili va menejment"i yo‘nalishlari bilan davom etdi. Bitiruv ishlari taqdimotida  talabalarning ijodiy va ko'rgazmali chiqishlari, arxitektura obyektlari va inshootlari loyihalari, shuningdek, biznes startaplari namoyish etildi.

Ushbu taqdimotga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda agentlik direktorining o‘rinbosarlari, Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Loyiha izlanish instituti  direktori va Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori  ishtirok etishib, talabalarning ishlarini kuzatishdi va tanishishdi. 

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat hamkorligida 2018-yildin buyon Toshkent shahrida Koreyaning Puchon Universiteti filiali faoliyat  olib bormoqda.

Bugungi kunda universitetda ta’lim jarayoni 7 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda: “Maktabgacha ta’lim”, “Arxitektura”, “Koreys tili va menedjment”, “Nutrisiologiya va diyetologiya”, “Axborot texnologiyalari”, “Multimediya va o‘yin kontenti”, “Elektron biznes”, shuningdek kunduzgi ta’lim  qatorida sirtqi va kechki ta’lim turlari ham mavjud.

Hozirgi kunda universitetda 1 457 nafar talaba tahsil olmoqda, shulardan 240 nafari bitiruvchi hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта