Bugun yurtimizning barcha go‘shalarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.
Bayram munosabati bilan poytaxtimizdagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin va agentlik xodimlari ishtirok etishib, "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi va urushda halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.