Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy fazilatlari, kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar majmuini belgilaydigan hujjat “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti” loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur loyiha - Maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash tizimida asosiy me’zon sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilganligi bilan muhim hisoblanadi.