
Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy savodxonlik soati” tashkil etildi. Unda Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining maslahatchisi X.Buriyev o‘tgan hafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berdi. Shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlardan va fuqarolardan kelib tushayotgan topshiriq va murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash va murojaatlarni zudlik bilan hal etish masalalari haqida so‘zlandi.