Maktabgacha ta'lim agentligida UNICEF ning O'zbekistondagi vakillari va ta'lim sohasidagi xalqaro ekspert bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining o'rinbosari O.Rahmatillayev UNICEFning O'zbekistondagi vakillari va ta'lim sohasidagi xalqaro ekspert Tereza Gonsales xonim bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta'minlashga qaratilgan istiqbolli loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Ushbu loyiha Surxondaryo viloyati maktabgacha ta'lim tashkilotlari negizida 10 ta inklyuziv ko'p tilli maktabgacha ta'lim guruhlari, shu jumladan til va etnik jihatdan kam sonli bo'lgan bolalar uchun guruhlarning tashkil etilishini nazarda tutadi. Loyiha doirasida UNICEF ta'mirlash ishlari xarajatlarini qoplash, guruh xonalarini mebel, o'yinchoqlar, o'quv materiallari bilan jihozlash, shuningdek uslubiy yordam ko'rsatish shaklida ko'mak beradi.

Eslatib o'tamiz, Tereza Gonsales xonim yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida ish yuzasidan tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida u Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining mas'ul xodimlari, loyiha bo'yicha tanlangan maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari va tarbiyachilari bilan suhbatlar o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта