Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-sonli bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilganligi haqida" xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan ushbu holat zudlik bilan nazoratga olindi. O‘z o‘rnida tuman ichki ishlar organlari tomonidan holat bo‘yicha sudga oid tibbiyot va psixologik ekspertizalari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligi, tuman prokuraturasi alohida nazoratga olganligi hamda tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.