Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi vakillari Janubiy Koreyada qisqa muddatli xizmat safarida bo‘lib turishibdi.
Agentlik vakillarining Janubiy Koreyadagi xizmat safari davomida:
-bolalarga erta ta’lim berishni rivojlantirish sohasida faoliyat ko`rsatayotgan Janubiy Koreyaning ta`lim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o`tkazish;
-uchrashuvlar davomida ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish;
- Puchon universitetining 65 yilligini nishonlash marosimida ishtirok etish kabi tadbirlar rejalashtirilgan.
Xizmat safarining birinchi kunida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov va maslahatchisi X.Buriyev hamda Koreya bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va maktabgacha ta`lim instituti (KICCЕ) rahbari Sanghee Park o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Institut rahbari Sanghee Park O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan 2021-yil 16-dekabrda tuzilgan bitim doirasida o`zaro hamkorlik aloqalari saqlanib qolganidan minnatdorlik bildirdi.
Agentlik direktori o‘rinbosari N.Muslitdinov maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim sifatini samaradorligini va pedagoglar malakasini oshirish hamda baholash uchun kelajakda mazkur Instituti (KICCЕ) bilan qo‘shma loyihalarni davom ettirishlarini ma`lium qildi.
Bizni kuzatishda davom eting, xizmat safarining navbatdagi ushrashuvlari haqida ma’lum qilib boriladi.