Tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollarga Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan javoblar

news-detail

Savol. Menda shaxsiy kabinetim orqali Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (nodavlat-bogcha.uz) (NMTTBAT)da tashkilotimga 2023 yilning yanvar oyi uchun subsidiya hisoblanganligi ko‘rinmoqda, lekin nega ushbu mablag‘lar hanuzgacha to‘lab berilmadi?

Javob: Bunday holat yuzaga kelganligining  bir nechta sabablari mavjud:

birinchidan, ayrim oilaviy nodavlat MTTni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan NMTTBATga faqatgina asosiy bitim kiritilib, unga asosan bitimni amal qilish muddati yanvar oyiga qadar tugaganligi kuzatildi. Bu holatda agar tadbirkorlar qo‘shimcha bitimni (mavjud bo‘lganida) NMTTBATga kiritmasa, bitimni amal qilish uzaytirmaganligi natijasida, NMTTBAT avtomatik ravishda subsidiyani hisoblamaydi.

Mazkur holatlarni zudlik bilan tuzatish maqsadida, Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etilib, ushbu tadbirkorlarning bitim va qo‘shimcha kelishuv ma’lumotlari bugungi kunda axborot tizimiga to‘liq kiritilishi ta’minlandi.

Shuningdek, bitimning amal qilish muddati tugab, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha kelishuvlarni rasmiylashtirgan tashkilotlarning yanvar oyi subsidiyasi joriy yilning 16-17 mart kunlari “nodavlat-bogcha.uz” platformasida hisoblanib, to‘lovlar bank hisob raqamlariga to‘lab berilishi ma’lum qilinadi.

ikkinchidan, ayrim tadbirkorlar tomonidan “nodavlat-bogcha.uz” platformasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha shtat kiritilishi yoki xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritilmasligi oqibatida joriy yilning yanvar oyi ish haqi uchun subsidiyalar to‘lanishi kechiqmoqda.

Ma’lumot uchun: DXSH asosidagi, shu jumladan, oilaviy MTTlar, ularda ishlovchi ayrim xodimlarning ish haqlarini to‘lash uchun — 9 soatli ish rejimidagi davlat MTTlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi.

Bunday kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida tadbirkorlarga NMTTBATning mobil ilovasi (“qo‘ng‘iroqcha” tasviri) orqali habarnomalar yuborilgan. Ushbu tadbirkorlar tomonidan NMTTBAT orqali tegishli ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va ish haqi uchun elektron ariza berishlari so‘raladi.

uchinchidan, Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan: 

- davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib NMTTBATda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;

- hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun xodimlarning ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. 

Ushbu Nizomga asosan 2023 yil fevral oyi uchun DXSH va oilaviy nodavlat MTTda oylikning o‘rtacha davomati 40% dan yuqori bo‘lgan va oilaviy MTT larda ish kunida tarbiyalanuvchilar soni guruhda 12 tadan ko‘p bo‘lgan xodimlar uchun davomat asosida ish xaqi hisoblanganligini ma’lum qilamiz.

to‘rtinchidan, tadbirkorlar va ONMTTlar tomonidan bank rekvizitlari xato (yoki to‘liq emas) bo‘lganligi, xodimlarining bank plastik kartasi ma’lumotlarini xato kiritilganligi yoki to‘liq kiritilmasligi, shuningdek, ish xaqi uchun mo‘ljallanmagan karta ma’lumotlarining tizimga kiritilishi natijasida ushbu tadbirkorlarga subsidiya to‘lovlarini amalga oshirish imkonsizligicha qolmoqda.

Eslatma: Hurmatli tadbirkorlar yuqoridagi kabi holatlarni zudlik bilan  bartaraf etishingizni so‘raymiz! Aks holda subsidiya to‘lovlarini amalga oshirishning  imkoni bo‘lmaydi.

Shuningdek, NMTTBATning mobil ilovasida maxsus “qo‘ng‘iroqcha” tasviri ostida xabarnoma menyusi orqali yuborilgan  yangiliklarga va axborotlarga e’tiborli bo‘lishing

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта