Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

news-detail

15-mart kuni  Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Valentinovich Tarasov o'rtasida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ochilish nutqida S.Tarasov RDPUning so‘nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha so‘zlab berib, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining rivojlanishida qo‘shgan bebaho hissasi uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlik to‘g‘risida gapirar ekan, RDPU jamoasi A.I.Gertsen universitetining Toshkentdagi filialini qo‘llab-quvvatlash va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi.

  Rossiya tomoni, shuningdek, filial doirasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tarkibiy ta’lim dasturlarini ochish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

 Tomonlar, shuningdek, pedagogika sohasida yangi aloqa nuqtalarini topish va A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida oʻquv modulini ishlab chiqish va umumtaʼlim maktablari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirishni nazarda tutadigan tegishli hamkorlik memorandumini imzolash zarurligiga kelishib oldilar.

Muzokaralar natijasida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini hamda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining o‘quv jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish to'g'risida kelishishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта