Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi ishchi guruhi tomonidan Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va pedagog xodimlari uchun "Sehrli qasr" nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat hamda 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etish" mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda tashkilot direktorlari, hamda pedagog xodimlariga bolalarning shaxsiy ko‘nikma va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini mustaqil individuallashtirish imkonini berishda rivojlantiruvchi markazlarning o‘rni haqida keng ko‘lamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminar davomida pedagoglar o‘zlari qiziqqan savollariga ishchi guruh vakillaridan tegishli tavsiyalarni olishdi.