Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

Maktabgacha ta’lim agentligida “Edulink Global” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan S-board dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Chungrim Xon xonim bugungi kunga kelib "Edulink Global" kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan S-board dasturining pilot versiyasini sinovdan o‘tkazishni davom ettirayotgani hamda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dasturni sinovdan o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, uning yakuniy varianti ishlab chiqilishi, u keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilishini qayd etdi.

"Edulink Global" prezidenti, shuningdek, Koreya tomoni Respublika maktabgacha ta’lim tizimiga yangi ilg‘or innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda Maktabgacha ta’lim agentligi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini alohida ta’kidladi.

Muzokaralar natijasida tomonlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirish va memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi va Koreyaning "Edulink Global" ta’lim kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi bandlarini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта