Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 9 ta, xususan, 1 ta Prezident qarori, 5 ta Hukumat qarori, 1 ta farmoyishi hamda 2 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori hamda 3 ta Hukumat qarori hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatgichlarning bajarilishi bo‘yicha - 2022-yilda maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan 10,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 10,0 trln. so‘mga (99,4%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 7,7 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 7,6 trln. so‘mga (99,7%), mahalliy byudjetlardan 2,4 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 2,3 trln. so‘mga (98,6%) bajarildi.
Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2022-yilning o‘tgan davrida respublikada 1 811 ta shundan, 219 ta davlat, 1 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi.
Bugungi kunda respublikada jami 29 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 589 tasi davlat va 22 822 tasi nodavlat (833 ta xususiy, 20 676 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 313 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.
Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 2,1 mln. nafari yoki 71,8% bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 647 655 nafarini (90%) 6 yoshli bolalarni tashkil etmoqda. Ushbu bolalarning:
186 881 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga;
256 131 nafari - to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga;
80 230 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi.
123 998 nafari - turli yoshdagi guruhlarga;
415 nafari - mobil guruhlarga qamrab olindi
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha.
2022-yil yakunlariga ko‘ra jami 22 366 quvvatga ega 169 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda hamda 2 350 ta imzolangan bitimlardan 96 391 quvvatga ega 1 346 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi.
Natijada, 118 557 ta qo‘shimcha quvvat (169 ta DXSH asosidagi NMTT va 1 346 ta oilaviy MTTlar) hamda 10 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha
Bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jami rahbar va pedagoglar soni 151 746 nafarni tashkil etib, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 51 554 nafarni (33,8%) tashkil etdi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 114 634 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 41 851 nafarni, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 37 112 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 9 703 nafarni tashkil etdi.
2022 yilning o‘tgan davrida jami 17 414 nafar (rejaga nisbatan 101%) maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarining malakasi oshirildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib, 22 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar 6 412 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Shuningdek, Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bor tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan gumanitar yuk shaklida taqdim etilgan 130 ta Brayl alifbosi to‘plamlari Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga yetkazib berildi. YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelyotgan hamshiralarni malakasini oshirish maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqilib, ularni onlayn platforma orqali o‘qitish uchun videomateriallar yaratildi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 224 nafar tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 188 nafariga 340 dana zamonaviy eshitish apparatlari bepul tarqatildi.
Joriy yilda 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazildi. Tender savdolari natijasida 19 ta g‘olib bo‘lgan korxonalar bilan jami 124,1 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi.
Ushbu mablag‘lar doirasida yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan 152 ta DMTTlari hamda qo‘shimcha ravishda 144 ta DMTTlar, shuningdek, Boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarining 1 142 ta xonalari jihozlandi.
Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan rejaga muvofiq respublikadagi 6 408 ta (99%) DMTT internet bilan ta’minlandi.
Shuningdek, MTTlarga 6 294 ta printer qurilmalari hamda 4 940 ta kompyuter texnikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash maqsadida Biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 yil 1 apreldan tajriba-sinov tariqasida hududlarda joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 129-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash va moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Mazkur tizim joriy qilinishi natijasida davlat bdjetidan subsidiya uchun ajratilayotgan mablag‘lardan 100 mlrd. so‘m ortiqcha xarajatlar oldi olindi.
Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha
2022-yil yanvar-iyun davrida xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 42 ta uchrashuv o‘tkazildi va 14 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi.
Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi (Konferensiya) yuqori saviyada o‘tkazildi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra keyingi 10 yilda maktabgacha ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab beruvchi Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi.
Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan umumiy qiymati 70 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan ma’qullandi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tadiqlash uchun kiritildi.
Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat sheriklikni qo‘llab-quvatlash” loyihalari doirasida 2022-yilda 21,9 mln AQSH dollari (rejaning 100%) o‘zlashtirildi.